12:46 / 29.07.2019
3 474

Turkmaniston prezidentining o‘lgani haqida mish-mish tarqatganlarni qo‘lga olish boshlandi

Turkmaniston prezidentining o‘lgani haqida mish-mish tarqatganlarni qo‘lga olish boshlandi
Foto: Tengrinews
Turkmanistonda mamlakat prezidentining o‘lgani yoki sog‘lig‘i yomonlashgani haqida tarqalgan mish-mishlarga qarshi faol kurashish 25 iyul kunidan boshlangan edi. Kuch tuzilmalari Ashxobod va boshqa tumanlarda «kuchaytirilgan xizmat turi»ga o‘tgan, deb xabar beradi Daryo nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtiriga xizmat qilgan mish-mishlarni tarqatgan uch kishi qo‘lga olingan. Ulardan biri «Turkmantelekom» xodimi bo‘lsa, yana biri suv xo‘jaligi xizmatchisi, uchinchisi esa mahalliy uy-joy kommunal xizmatida ishlaydi.

Instagram’da esa turkmanistonlik yulduzlarning mish-mishlarga ishonmaslik borasidagi ko‘plab videoroliklari paydo bo‘ldi. Ular bir vaqtning o‘zida prezident Gurbanguli Berdimuhamedovni o‘ldiga chiqargan odamlarni la’natlashni boshlab yuborgan va o‘z obunachilaridan #duryalan xeshtegi ostidagi videoroliklarga ishonmaslikni so‘ragan.

24 iyul kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ommaga ko‘rinish bermaganiga to‘qqiz kun o‘tib, davlat televideniyesidagi efirlarda yana paydo bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidentining o‘lgani haqida mish-mish tarqatganlarni qo‘lga olish boshlandi