18:55 / 29.07.2019
4 814

AQShda o‘g‘rilik qilgan ayiq videoga olindi (video)

AQShda o‘g‘rilik qilgan ayiq videoga olindi (video)
Foto: Rodina.News
AQShning Kolorado shtatida qushlarga qo‘yilgan maxsus idishni o‘g‘irlagan ayiq videoga olindi. Koloradolik juftlik o‘rmon qushlarini boqish maqsadida hovlining orqa tarafidagi uyga qushlarga oziqa solinadigan idish o‘rnatgan. Biroq ayiqqa bu yoqib qolgan shekilli, uni o‘g‘irlashga qaror qilgan.

«Korrespondent.net»ning yozishicha, uy egalari ular yashayotgan hududda ayiqlar yurishini bilgan va hayvonlarni qo‘rqitish maqsadida idishga kichkina qo‘ng‘iroq ilib qo‘ygan.

Biroq buning o‘zi yetarli emasligi ma’lum bo‘lgan. Juftlik akrobatik harakatlar bilan uyani tortib olib, uni o‘zi bilan o‘rmonga olib ketgan ayiqni videoga olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda o‘g‘rilik qilgan ayiq videoga olindi (video)