Jirafani minganga qanday jazo bor? Qozoq «chavandoz»i qidirilyapti

  • 29 iyul 2019, 20:43
  • 1 387
  • Dunyo
  • Jirafani minganga qanday jazo bor? Qozoq «chavandoz»i qidirilyapti
    Foto: «Instagram»
    Chimkent politsiyasi jirafa ishqibozini, aniqrog‘i uni minib sayr qilgan odamni qidirmoqda. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qildi.
    Internetda paydo bo‘lgan videoga ko‘ra, Chimkent hayvonot bog‘iga tomoshaga kelgan odamlardan biri jirafaga minib olib, sayr qilgan. Aytishlaricha, u mast bo‘lgan. Hayvonot bog‘i rahbariyati qoidabuzar ustidan politsiyaga arz qildi.

    Unda 27 iyul kuni hayvonot bog‘iga tomoshaga kelgan kishilardan biri hayvonot bog‘i hududiga doir qoidalarni buzib, jirafa saqlanadigan joyga to‘siqdan oshib o‘tgani ma’lum qilingan.

    Chimkent politsiyasi vakili ayni paytda qoidabuzar shaxs qidirilayotganini aytdi.
    Qoidabuzarni qanday jazo kutyapti — xabar berilmagan...

    » » Jirafani minganga qanday jazo bor? Qozoq «chavandoz»i qidirilyapti