11:00 / 30.07.2019
2 773

Yaponiyada odam hujaylarida hayvon embrionini yetishtirishga ruxsat berildi

Yaponiyada odam hujaylarida hayvon embrionini yetishtirishga ruxsat berildi
Foto: Google Images
Yaponiyada odam hujaylarida hayvon embrioni yetishtiriladi, deb xabar bermoqda «Daryo».
Dastlab loyiha ishtirokchilari bo‘lgan tadqiqotchilar guruhi ikki haftalik sichqon embrionini, keyinchalik esa yoshini uzaytirgan holda kalamush, cho‘chqa yetishtirishni rejalashtirgan.

Qayd etilishicha, Yaponiya hukumati odam hujaylarida hayvonlar embrioni yetishtiruvchi olimning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Hukumatning bunday qarori amaliyotga qo‘yilgan avvalgi taqiqni bekor qilgan.

Biolog Xiromitsu Nakauchi kalamush va sichqon kabi kemiruvchilarda inson oshqozon osti bezini yaratmoqchi. Nakauchi bu tadqiqot ustida ish olib borayotgan yagona olim emas, ammo u loyihaga boshchilik qilmoqda.

«Nihoyat 10 yillik tayyorgarlikdan so‘ng bu boradagi jiddiy tadqiqotni boshlashimiz mumkin. Bir darrov inson a’zolarini yaratamiz deb o‘ylamayapmiz, lekin bu shu paytgacha olgan bilimlarimizga asoslanib tadqiqotimizni rivojlantirishga imkoni beradi», — degan biolog.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada odam hujaylarida hayvon embrionini yetishtirishga ruxsat berildi