Foto: Getty Images
Hindistonda yashovchi Raj Kumar ismli erkak spirtli ichimlik ta’sirida o‘zini chaqqan suvilonni g‘ajib tashladi, deb xabar berdi «Daryo».
Oradan biroz vaqt o‘tgach erkak og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Uning ahvoli nima sababdan yomonlashgani noma’lum.
«Ilon uni chaqib olgan. Bunga javoban u ilonni bo‘laklarga bo‘lib tashlagan», — deydi jabrlanuvchining otasi.
Guvohlarning qayd etishicha, hindistonlik erkakning og‘ir ahvolga tushishida ilonning aybi yo‘q, chunki u suviloni bo‘lgan.
Kumarni ko‘zdan kechirgan shifokor holatdan hayratga tushgan va uni «juda g‘alati» deb atagan.
«Men ilon chaqqan insonlarni ko‘p ko‘rganman. Biroq ilonni tishlab, bo‘laklarga bo‘lib olib kelgan insonni birinchi marta ko‘rishim», — deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin