19:56 / 31.07.2019
4 677

Emomali Rahmonning g‘azabiga uchragan amaldorning taqdiri ma’lum bo‘ldi

Emomali Rahmonning g‘azabiga uchragan amaldorning taqdiri ma’lum bo‘ldi
May oyida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon so‘roqqa tutib, yolg‘on gapirayotganini fosh qilgan Dushanbe bojxona xizmati birinchi terminalining sobiq rahbari Shahboz Rajabzodaga nisbatan hech kim jinoiy ish qo‘zg‘atmagan.

“Shahboz Rajabzoda ustidan hech qanday shikoyat kelib tushmadi”, - deya iqtibos keltiradi Sputnik Tojikikiston mamlakatning Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Culaymon Sultonzoda so‘zlaridan.

Eslatib o‘tamiz, bahor oyida Emomali Rahmon moliya, bank, bojxona va soliq xodimlari bilan bo‘lgan yig‘ilishda Rajabzodani so‘roq qilib, yolg‘on gapirayotganini fosh qilgan edi.

Uning gunohi boshidagi sochidan ham ko‘pligini aytib, ishdan bo‘shash haqida ariza yozishini buyurgan edi. Shu bilan birga, davlat rahbari uning hali yosh ekanini hisobga olgani, aks holda kamida 15 yilga qamalishi mumkinligi qayd etgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Emomali Rahmonning g‘azabiga uchragan amaldorning taqdiri ma’lum bo‘ldi