00:26 / 01.08.2019
3 164

Chechenistonda hukumatni tanqid qilgan o‘smirni televideniye orqali 46 daqiqa uzr so‘rashga majbur qilishdi (video)

Chechenistonda hukumatni tanqid qilgan o‘smirni televideniye orqali 46 daqiqa uzr so‘rashga majbur qilishdi (video)
«Grozniy» telekanali efirida chiqqan syujetda 16 yoshli o‘smir Magomed Axmatovni Chechen hukumatini tanqid qilgani uchun kechirim so‘rashga majbur qilishdi, deb xabar beradi TJournal. Teledastur 46 daqiqadan ko‘proq davom etdi.

Videoyozuvda Checheniston muftiysi Salah Mejiyev Axmatov bilan suhbat olib borgan. U o‘spirin tomonidan hukumatga qarata aytilgan tanqidlardan parchalarni o‘ib eshittirdi. Yigitcha yig‘lab yubordi hamda Checheniston respublikasi va xalqi oldida uzr so‘radi. U turli internet-targ‘ibotlarga berilib ketib, hukumat haqida salbiy izohlarni hech bir asossiz qoldirganini aytdi. Ulardan birida o‘spirin hukumatni korrupsiyada ayblab, Ramzan Qodirovni «dindan qaytgan» deb atagan.

Magomed Axmatovning onasi o‘g‘lini nazorat qila olmaganini aytgan bo‘lsa, amakisi jiyani o‘z oilasini sharmanda qilgani, endi Checheniston qonunlariga yarasha javob berishi lozimligini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chechenistonda hukumatni tanqid qilgan o‘smirni televideniye orqali 46 daqiqa uzr so‘rashga majbur qilishdi (video)