Javad Zarif: "Saudiya Arabistoni tayyor bo‘lsa, Eron muzokaralar o‘tkazishga shay"

  • 01 avgust 2019, 06:00
  • 498
  • Dunyo
  • Javad Zarif: "Saudiya Arabistoni tayyor bo‘lsa, Eron muzokaralar o‘tkazishga shay"
    Saudiya Arabistoni hukumati tayyor bo‘lsa, Eron muzokaralarga o‘tkazishga shay. Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif shunday bayonot bergan. Bu haqda Reuters agentligiga asoslanib Kun.uz xabar qilmoqda.

    Saudiya va Eron o‘rtasidagi munosabatlar Yaqin Sharqda ustunlikni qo‘lga kiritishga harakat natijasida keskinlashgan edi. Ar-Riyod Fors ko‘rfazida Saudiyaning 6 neft tashuvchi tankeriga zarar yetgan hujumda Eronni ayblagan, Tehron buni rad etgan edi.

    «Agar Saudiya Arabistoni muloqotga tayyor bo‘lsa, biz qo‘shnilarimiz bilan muloqotga har doim tayyormiz, - degan Zarif. – Biz hech qachon qo‘shnilarimiz bilan muloqotga eshiklarimizni yopmaganmiz va hech qachon yopmaymiz».

    Zarif, shuningdek, Eron xuddi shunday muzokaralarni BAA bilan ham o‘tkazishi mumkinligini aytgan.Uning qo‘shimcha qilishicha, «agar ular siyosatini o‘zgartirsa, muloqot uchun juda yaxshi imkoniyat bo‘lar edi».

    » » Javad Zarif: "Saudiya Arabistoni tayyor bo‘lsa, Eron muzokaralar o‘tkazishga shay"