2 748
Maksim Galkin yong‘inlarni o‘chirishga da’vat qilgan rossiyalik yulduzlarni ikkiyuzlamachilikda aybladi
Foto: Wikipedia
Rossiyalik komik Maksim Galkin Sibirdagi yong‘inlarni o‘chirish «moda»si haqidagi posti uchun o‘zini oqladi va jamiyatni infantil deb atadi. U bu haqda Instagram sahifasiga joylashtirgan videosida ma’lum qildi.
Avvalroq, Galkin o‘z sahifalarida Sibirdagi yong‘inlarga qarshi kurashishga chaqirgan zamonaviy blogerlarni tanqid qilgan edi. Uning fikriga ko‘ra, ular nosamimiy va ushbu «Sibirdagi yong‘inlar» mavzusi orqali mashhurlikka erishishni istagan. Ko‘pgina ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uning bu postidan g‘azablandi.
Qiziqchi o‘zining yangi videosida bunday ijtimoiy faollik namoyon bo‘lishi nuqtai nazaridan jamiyatning infantilligini nazarda tutganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zining zamonaviy muammolar bilan qiziqishlarini ko‘rsatadigan ijtimoiy tarmoq yulduzlarining ikkiyuzlamachiligidan jirkanadi. «Bu bilan, o‘rmon o‘chib qolmaydi»,— deb xulosa qildi u.
Galkin rossiyaliklarni biror muammo oqibatlari haqida xulosa chiqarish oldidan hamma narsani yaxshilab o‘ylab ko‘rishga chaqirdi, masalan, saylovlar paytida falokatning oldini olishga qodir bo‘lganlarga ovoz berishga. «Biz uch million gektar maydonni o‘chira olmaymiz, hatto bizning amaldorlar tomonidan o‘g‘irlangan barcha narsalar g‘aznaga qaytarilgan taqdirda ham. Menimcha, bu aniq. Biz o‘zimiz istaganday super kuchli emasmiz»,— dedi Galkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi