23:39 / 01.08.2019
3 539

AQSh Suriyada jangarilar guruhini qo‘llab-quvvatlayotganini tasdiqladi

AQSh Suriyada jangarilar guruhini qo‘llab-quvvatlayotganini tasdiqladi
Foto: «RIA Novosti»
Pentagon Suriyadagi At-Tanf harbiy bazasida «Magavir As-Saura» jangarilar guruhini tayyorgarlikdan o‘tkazayotganini tasdiqladi, deb yozadi «Daryo».

Avvalroq Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i general-polkovnik Sergey Rudskoy AQShlik yo‘riqchilar At-Tanf atrofida «Magavir As-Saura» jangarilar guruhini tayyorgarlikdan o‘tkazayotgani, so‘ngra ularni vertolyotlarda Frot ortiga tashlayotganini aytgandi.

«At-Tanf atrofida ‘Magavir As-Saura’ koalitsiya hamkori hisoblanadi. ‘Magavir As-Saura’ IShIDni to‘xtatish va xavfsizlikni ushlab turishda o‘zining samaradorligini namoyish etdi», - deb ma’lum qildi koalitsiya matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, AQSh At-Tanf atrofida IShIDni yakson qilish uchun koalitsiya kuchlarini tayyorlash va ularga maslahat berishni davom ettiradi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Suriyada jangarilar guruhini qo‘llab-quvvatlayotganini tasdiqladi