3 730
Dunyoning eng boy odami o‘z kompaniyasining 1,9 mlrd dollarlik aksiyalarini sotib yubordi
Dunyoning eng badavlat insoni, Amazon bosh direktori Jeff Bezos dunyodagi eng yirik onlayn-reteylerning 1,899 mlrd dollardan ko‘proq qiymatdagi aksiyalarini sotib yubordi.
Xabarga ko‘ra, Bezos Amazon’ning 900 mingdan ko‘proq aksiyasini 29-31 iyul kunlari 3 bosqichda donasini 1,9 ming dollar atrofida sotib yuborgan. Hozirda tadbirkorning qo‘lida kompaniyaning 58,143 mlnta aksiyasi qolmoqda.
Bezos 2017 yilda boshqa bir kompaniyasi – Blue Origin’ni qo‘shimcha moliyalashtirish uchun har yili Amazon’ning 1 mlrd dollarga yaqin aksiyasini sotish rejasini ma’lum qilgandi.
Hozirda Bezosning boyligi 131 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Milliarder kapitallashuvi 2018 yilda 1 trln dollarga yetgan Amazon’dan tashqari, Blue Origin aerokosmik kompaniyasiga egalik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?