23:40 / 01.08.2019
6 670

Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti sanasi ma’lum qilindi

Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti sanasi ma’lum qilindi
Joriy yil Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti namozi 11 avgust kuni o‘qilishi belgilanmoqda.

Arab nashrlarida xabar qilinishicha, Saudiyadagi Tumayr observatoriyasida Islom qamariy kalendari so‘nggi 30 kunligi — Zulhijja oyi kuzatilgan va juma, 2 avgust kuni Zulhijjaning birinchi kuni etib e’lon qilindi.

Shunga muvofiq, 10 avgust kuni Haj yakuni hamda Arofat kuni belgilandi. 11 avgust kuni Qurbon hayit ibodati ado etilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hududida Qurbon hayiti kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining tegishli kuzatuvlaridan so‘ng, Prezident farmoniga muvofiq tasdiqlanadi. 2018 yili Qurbon hayitining birinchi uch kuni O‘zbekistonda milliy bayram sifatida keng nishonlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti sanasi ma’lum qilindi