10:53 / 02.08.2019
2 732

O‘zbekiston milliy mahsulotlari Malayziyadagi xalqaro festivalda namoyish etildi

O‘zbekiston milliy mahsulotlari Malayziyadagi xalqaro festivalda namoyish etildi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
25—28 iyul kunlari Malayziyaning Putrajaya shahrida «Islom dunyosi musiqasi va vokali jozibasi» mavzusiga bag‘ishlangan V Islom san’ati va madaniyati xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magi bilan festivalda mamlakat hunarmandlarining mahsulotlari keng namoyish etildi. Tadbirda o‘zbekistonliklardan tashqari Turkiya, Indoneziya, Eron, Marokash, Kuvayt, Bruney, Bangladesh, Tailand, Janubiy Koreya va Malayziya vakillari ham ishtirok etdi.

«O‘zbek hunarmandlari asarlari rang-barangligi, nafisligi, naqshlari va xilma-xilligi bilan ajralib, festival tashkilotchilari, ishtirokchilari va mehmonlari e’tiborini tortdi. Ayniqsa, cheksiz ufqni eslatuvchi moviy va ultramarin hoshiyalar bilan bezatilgan, o‘ziga xos uslubi va ishlab chiqarish texnikasi bilan ajralib turgan keramikalar barchada katta qiziqish uyg‘otdi.

Tabiiy ipakdan ishlangan o‘zbek matolari, an’anaviy va betakror sifatli rang-barang atlas va adras matolaridan tikilgan milliy kiyimlar, zardo‘zlik buyumlari-yu taqinchoqlar, yog‘och va metall o‘ymakorligi mahsulotlari, tarixni aks ettiruvchi va turfa ranglarni o‘zida jamlagan miniatyuralar xorijliklarni hayratga soldi», — deyiladi xabarda.

Festival tashkilotchilari va ishtirokchilari joriy yilning 10—15 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan Birinchi Xalqaro amaliy amaliy san’at festivaliga taklif etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston milliy mahsulotlari Malayziyadagi xalqaro festivalda namoyish etildi