11:53 / 02.08.2019
3 269

«Men yosh boladay yig‘ladim». AQShlik ayol MakDonald’s chekiga ta’sirli so‘zlarni yozib qoldirdi

«Men yosh boladay yig‘ladim». AQShlik ayol MakDonald’s chekiga ta’sirli so‘zlarni yozib qoldirdi
Foto: Forum Daily
AQShning Tennessi shtatida yashovchi ayol o‘g‘liga ovqat buyurgandan so‘ng, to‘lash uchun navbati keldi, biroq, uni hayratda qoldiradigan, ammo yoqimli kutilmagan sovg‘a ajablantirdi. Bu haqda Forum Daily'ga tayanib Daryo xabar qildi.

Xeydi Gofortning so‘zlariga ko‘ra, undan oldinda turgan ayol nonushta uchun pul to‘lagan. Buning sababi esa juda qiziq.

Chekni to‘lagan ayolning o‘g‘li hozirda harbiy-havo kuchlarida xizmat safarida ekani bois, u o‘g‘lini nonushta bilan mehmon qila olmagani tufayli, undan keyingi navbatda turgan odam uchun nonushta olib berishga qaror qilgan. Undan keyingi odam esa Xeydi Gofort edi.

Ta’sirli imo-ishoralardan so‘ng, Gofort Facebook’da fotosurat bilan post qoldirdi.

«Xayrli tong! Bu hozirgina men bilan yuz berdi va yuragimda qoldi! Men ‘Makdonalds’da o‘g‘lim uchun nonushta sotib olgandim, oldimdagi ajoyib xonim ovqatim uchun pul to‘ladi. Tezroq o‘g‘lingizni ko‘rishingizni Xudodan so‘rayman! Uni juda yaxshi ko‘radigan bunday onasi borligi—uning omadi! Xudo sizga va o‘g‘lingizga baraka bersin! Xizmati uchun tashakkur!»— deyilgan edi postda.

Karin Xill, tushlik uchun pul to‘lagan o‘sha xonim, Facebook’da ushbu xabarni ko‘rib, shunday javob berdi: «Mehribonlik bunday his-tuyg‘ular to‘lqinini keltirib chiqarishi juda yoqimli. Bu o‘g‘lingiz uchun oddiy nonushta edi xolos!»

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li dastlabki harbiy tayyorgarlikdan o‘tmoqda. 17 kundan so‘ng uyiga qaytadi. Shuningdek, uning do‘sti unga ushbu post haqida aytganligini yozgan. Karin Xill postga yozilgan izohlarni o‘qib, yosh boladek yig‘laganini yozdi. U o‘g‘lining bu gaplarni o‘qiganida kulishini aytdi.

Foto: Forum Daily

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Men yosh boladay yig‘ladim». AQShlik ayol MakDonald’s chekiga ta’sirli so‘zlarni yozib qoldirdi