15:20 / 02.08.2019
3 336

Tramp Usoma bin Lodinning o‘g‘li AQSh uchun jiddiy xavf tug‘dirganini ma’lum qildi

Tramp Usoma bin Lodinning o‘g‘li AQSh uchun jiddiy xavf tug‘dirganini ma’lum qildi
Foto: «RIA Novosti»
AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh hukumatining Usoma bin Lodinning o‘g‘li Hamzaning yo‘q qilinishiga aloqadorligi borasidagi savollarga javob berishdan bosh tortdi, deb xabar beradi "Daryo" nashri.

Biroq Trampning ta’kidlashicha, Hamza bin Lodin Qo‘shma Shtatlar uchun jiddiy xavf tug‘dirgan.

«Men bunga izoh bera olmayman, biroq u mamlakatimizga jiddiy xavf tug‘dirayotgan edi. U yurtimiz haqida juda ko‘p yomon narsalarni gapirdi. Shu sababli xulosani o‘zingiz chiqaring», — deydi Tramp jurnalistlarga bergan intervyusida.

The New York Time gazetasining yozishicha, AQSh rasmiylari Hamza bin Lodin Tramp administratsiyasi tomonidan so‘nggi ikki yil ichida o‘tkazilgan qandaydir operatsiya natijasida yo‘q qilingan.

Joriy yilning boshida AQSh Davlat departamenti Hamza bin Lodinning yashiringan joyini aytgan insonga 1 million dollar to‘lashga tayyor ekanligini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Usoma bin Lodinning o‘g‘li AQSh uchun jiddiy xavf tug‘dirganini ma’lum qildi