Foto: Focus.ua
Yaponiyada 2 avgust kuni mamlakat adliya vaziri buyrug‘iga ko‘ra ikki nafar jazoga hukm etilgan jinoyatchi dorga osildi, deb xabar bermoqda «TASS». Hozircha jinoyatchilarning ismi va ular bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar keltirilmagan.
Bu bosh vazir Sindzo Abe amaldagi hukumati davrida ijro etilgan 38-o‘lim hukmidir. O‘tgan yili, 13 nafar jangari va «Aum Sinrikyo» ekstremistik oqim yetakchilari, shu jumladan uning asoschisi Tidzuo Matsumoto dorga osilgan edi. Ular bir qator qotilliklarni tashkillashtirgani, shu jumladan 1995 yilning mart oyida 13 kishi halok bo‘lishiga olib kelgan Tokio metrosidagi gaz hujumini uyushtirgani uchun qatl etilgan.
Yaponiya advokatlar assotsiatsiyasi mamlakatda o‘lim jazosini bekor qilib, uni umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirishni talab qilmoqda. Qatl etish to‘g‘risidagi hukm mamlakat adliya vazirining yozma buyrug‘idan so‘ng amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi