10:53 / 05.08.2019
2 389

Fransiyalik fuqaro La-Mansh bo‘g‘ozini o‘zi yaratgan flaybordda uchib o‘tdi (video)

Fransiyalik fuqaro La-Mansh bo‘g‘ozini o‘zi yaratgan flaybordda uchib o‘tdi (video)
Foto: Instagram / frankyzapata
Fransiyalik Frenki Zapati ismli shaxs o‘zi yaratgan flaybord yordamida La-Mansh bo‘g‘ozidan uchib o‘tdi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.

Bu Frenki Zapatining ikkinchi urinishi bo‘lib, u muvaffaqiyatli yakunlandi. Zapata Sangatte plyajidan soat 8:16 da havoga ko‘tarilib, inglizlarning Sen-Margaret-Bey qirg‘og‘iga 8:39 da kelib qo‘ngan. Yo‘lda u bir necha soniya qo‘nib, qurilmasini yoqilg‘i bilan to‘ldirgan.

Parvoz dengiz sathidan 15—20 metr balandlikda bo‘lib o‘tdi.

Ixtirochining Yoshi 40 da bo‘lib, u gidrotsikl poygalari bo‘yicha sobiq jahon va Yevropa chempioni.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyalik fuqaro La-Mansh bo‘g‘ozini o‘zi yaratgan flaybordda uchib o‘tdi (video)