09:00 / 06.08.2019
4 179

Narkobaron o‘z qizi ko‘rinishida turmadan qochmoqchi bo‘ldi

Narkobaron o‘z qizi ko‘rinishida turmadan qochmoqchi bo‘ldi
Rio-de-Janeyrodagi turmadan uzoq yillik jazoni o‘tayotgan narkobaron o‘zining 19 yoshli qizi ko‘rinishida qochishga urindi. Bu haqda Globo portali xabar berdi.

42 yoshli gangster Klauvino da Silva 73 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan bo‘lib, u o‘tgan shanba kuni yoniga yaqinlari, jumladan qizi tashrif buyurganda qochishga uringan.

Da Silva qizi qiyofasiga kirish uchun parik, lateks niqob va ayollar koftasidan foydalangan.

Biroq qo‘riqchilar jinoyatchini “Jerisino” turmasidan chiqish joyida xatti-harakatidagi shubhali belgilarni payqab ushlashga muvaffaq bo‘lishgan. Portal saytida joylashtirilgan videokadrlarda mahbusning nayrangi kamera oldida fosh qilingan: “omadsiz” qochoq dastlab parigini, so‘ngra niqobni va koftani yechgan va aslida kimligi ma’lum bo‘lgan.

Politsiya ushbu holat yuzasidan tergov olib bormoqda. Taxmin qilinishicha, jinoyatchining qochishi uchun zarur buyumlarni turmaga uning yoniga kelganlar orasida bo‘lgan va qo‘riqchilar tomonidan tintuv qilinmagan “homilador” ayol olib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Narkobaron o‘z qizi ko‘rinishida turmadan qochmoqchi bo‘ldi