AQSh prezidenti Donald Tramp El-Paso va Deytondagi hujumlarni izohlar ekan, ommaviy qotillik aybdorlariga o‘lim jazosi berish zarurligini aytdi.
"Bugun adliya vazirligiga nafrat asosida jinoyat va ommaviy qotillik qilganlar o‘lim jazosiga tortilishini kafolatlovchi qonunni tayyorlashga buyruq beraman va bu jazo zudlik va qat’iylik bilan, uzoq yillarga cho‘zilmasdan ijro etiladi", - dedi u.
Bundan tashqari, AQSh prezidenti qurol bilan muomala qilish to‘g‘risidagi qonunni keskinlashtirishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Chikagodagi parkda joylashgan bolalar maydonchasida otishma sodir etilishi natijasida yetti kishi jarohatlandi.
Avvalroq esa El-Paso shahridagi (Texas shtati) supermarketda sodir etilgan otishmada 20 kishi halok bo‘lgan, 26 kishi jarohatlangandi.
Keyinroq Ohayo shtatidagi Deyton shahrida otishma sodir bo‘ldi. Dayton Daily News gazetasining xabar berishicha, otishmada yetti kishi qurbon bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?