10:50 / 06.08.2019
3 866

Texasdagi otishma: Uch nafar bolaning onasi chaqalog‘ini o‘z tanasi bilan himoya qilib halok bo‘ldi

Texasdagi otishma: Uch nafar bolaning onasi chaqalog‘ini o‘z tanasi bilan himoya qilib halok bo‘ldi
Foto: Facebook
Texas shtatining El-Paso shahrida joylashgan supermarketda sodir bo‘lgan otishmada uch nafar bolaning onasi bo‘lgan ayol chaqalog‘ining hayotini saqlab qolish uchun uni o‘z tanasi bilan himoya qilib halok bo‘ldi, deb xabar beradi Daryo nashri.

24 yoshli Jordan Ankondo Walmart supermarketida halok bo‘lgan 20 nafar fuqaroning biri.
Jordanning 19 yoshli singlisi Leta Jamrovskining ma’lum qilishicha, Ankondo otishma sodir bo‘lganida supermarketdan farzandlari uchun maktab anjomlarini xarid qilayotgan bo‘lgan.

Ayol ikki oylik o‘g‘lini quchoqlab yerga yiqilgan. Shu orqali Ankondo o‘g‘liga yana bir bor yangi hayot «sovg‘a qilgan».
Bir nechta suyaklari singan chaqaloq hozirda El-Paso markazidagi shifoxonada.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, otishma oqibatida bolakayning otasi — Andre Ankondo ham halok bo‘lgan. Ankondo o‘lishidan oldin ayoli va o‘g‘lini himoya qilgan. Marhum er-xotinning besh, uch yoshli hamda ikki oylik farzandlari yetim qoldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Texasdagi otishma: Uch nafar bolaning onasi chaqalog‘ini o‘z tanasi bilan himoya qilib halok bo‘ldi