20:57 / 06.08.2019
2 913

Eronda nishonni yuqori aniqlikda uradigan boshqariluvchi raketalar taqdimoti o‘tkazildi

Eronda nishonni yuqori aniqlikda uradigan boshqariluvchi raketalar taqdimoti o‘tkazildi
Eronda nishonni yuqori aniqlikda uradigan boshqariluvchi raketalar taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda "Mehr" agentligi xabar berdi.
"Buyuk yovuz Amerika va uning malaylarining g‘azabi va po‘pisalariga qaramasdan mudofaa vazirligi kerakli vaqtda Islom respublikasini ikkilanmasdan himoya qila oladi", Eron mudofaa vaziri Amir Hotamiy taqdimot marosimida.

"Havo-havo" sinfiga mansub nishonni yuqori aniqlikda uradigan boshqariluvchi raketalar mudofaa vazirligi va Iran Electronics Industries kompaniyasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarildi.

Qayd etilishicha, Yasin raketasi yig‘iluvchi qanot bilan jihozlangan va dron orqali uchirilishi mumkin. U 50 km masofagacha parvoz qiladi.
Ghaem raketasi nishonga aniq tegishda ko‘pi bilan 50 sm masofaga adashishi mumkin.

Balaban raketasini esa sensorlar va GPS yordamida boshqarish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda nishonni yuqori aniqlikda uradigan boshqariluvchi raketalar taqdimoti o‘tkazildi