Qrim Rossiya tarkibiga buyuk davlatlar o‘rtasidagi raqobat kuchaygani sababli qaytarildi. Bunday fikrni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Yangi Zelandiyadagi Viktoriya universiteti qoshidagi Strategik tadqiqotlar markazidagi nutqida bildirdi. Bu haqda “Kun.uz” nashri xabar berdi.
Stoltenbergning ta’kidlashicha, buyuk davlatlar o‘rtasida oshib borayotgan raqobat oqibatlari Shimoliy Koreya va Suriya bilan bog‘liq vaziyatlarda ham ko‘rinmoqda. Bu davlatlar aynan shu “poyga” sababli aziyat chekmoqda.
NATO bosh kotibining aytishicha, Rossiya Qrimni “bosib olib” hamda harbiy salohiyatini oshirib va Yaqin Sharqdagi vaziyatga aralashib, o‘z siyosatida shiddatliroq bo‘lishga qaror qildi.
Stoltenbergning qo‘shimcha qilishicha, shu tariqa buyuk davlatlar raqobati uzoq vaqtdan beri qaror topgan dunyo tartibiga putur yetkazmoqda va bundan O‘rta va kichik masofali raketalarni yo‘q qilish shartnomasi amal qilishi to‘xtatilgani ham darak bermoqda.
Shartnoma AQSh tashabbusi bilan 2 avgustda to‘xtatildi. Rossiya bunday qadamni barqarorsizlantiruvchi deb atab, Vashingtonga shartnoma amal qilishi muddatini uzaytirishni bir necha marotaba taklif qilgan. Biroq Moskva AQSh tomonidan ijobiy javob olmagach, shartnoma shartlarini bajarishni to‘xtatgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi