16:45 / 07.08.2019
3 807

Olimlar chuchuk suvda yashovchi dunyoda eng keksa — 112 yoshli baliqni tutdi

Olimlar chuchuk suvda yashovchi dunyoda eng keksa — 112 yoshli baliqni tutdi
Foto: Outdoorlife
Amerikalik olimlar Minnesota shtatining g‘arbiy qismida yoshi taxminan 112 yilni tashkil etuvchi bufallo balig‘ini tutdi. Bu haqda National Geographic xabar berdi.

«TASS»ning yozishicha, avvallari bu baliq 26 yildan uzoq yashamaydi deb hisoblangan. Biologlarning fikricha, bu olimlar tomonidan o‘rganilgan chuchuk suvda yashovchi suyakli baliqlarning eng qadimiysidir.

Ushbu baliq Shimoliy Dakota va Manoadagi Gavayi universiteti ixtiologlari tomonidan tutilgan. Ular 2011—2018 yillarda aksariyati baliqchilar tomonidan tutilgan Minnesotadagi yuzlab bufallo baliqlarini o‘rgangan. Olimlar ularni o‘lchagan, suratga olgan. Baliqlarning yoshi esa otolitlari (baliqning eshitish organlaridagi qattiq to‘qima)ni radiokarbonatli tahlil qilish orqali aniqlangan.

Olimlarning aytishicha, 112 yoshli baliqning og‘irligi taxminan 11 kilogrammni tashkil etgan. Biologlar, shuningdek, 80 yoshdan katta buffalo va 100 yoshdan katta bo‘lgan yana 5 ta shunday baliqni topgan.

Bunday turdagi baliqlar, asosan, AQShning shimoliy qismi va Kanadadagi chuchuk suv havzalarida yashaydi. Ularning og‘irligi ba’zan 30 kilogrammga yetishi, uzunligi esa 1,2 metrni tashkil qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar chuchuk suvda yashovchi dunyoda eng keksa — 112 yoshli baliqni tutdi