Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassdagi vaziyat bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi.
Xabar qilinishicha, shoshilinch yig‘ilishda bosh shtab boshlig‘i – Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Ruslan Xomchak, prezident ofisi rahbarining o‘rinbosari Ruslan Ryaboshapka, milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksandr Danilyuk hamda harbiy razvedka vakillari qatnashgan.
Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bu masalada telefon orqali suhbatlashganini ma’lum qildi.
"Bugun ertalab Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan gaplashdim. Unga zudlik bilan qo‘ng‘iroq qildim. Bu bizni tinchlikka yaqinlashtirmasligini aytdim", dedi u.
Ukraina prezidenti Rossiya rahbaridan "qotilliklarni to‘xtatish uchun narigi tarafga ta’sir o‘tkazish"ni so‘raganligini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq Ukraina mudofaa vazirligi Donbassda 12 soat ichida to‘rt nafar ukrainalik harbiy halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi