09:20 / 08.08.2019
4 848

Atamboyevning shturm vaqtida olib ketilishi videosi e’lon qilindi

Atamboyevning shturm vaqtida olib ketilishi videosi e’lon qilindi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish maqsadida uning Koy-Tash qishlog‘idagi qarorgohi shturm qilinishi boshlangan vaqtda u o‘sha yerda bo‘lgan. Bundan Facebook foydalanuvchisi Mirbek Aytikeyev e’lon qilgan video guvohlik bermoqda.

Videoda Atamboyev uyiga to‘plangan odamlar bilan so‘rashayotgani, shturm boshlangan vaqtda esa uni tansoqchilari shoshilinchda xavfsiz joyga olib ketayotganlarini ko‘rish mumkin.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, maxsus kuchlar sobiq prezident qarorgohi joylashgan qishloq hududini tark etganlar. Shturm vaqtida maxsus kuchlarning bir necha xodimi Atamboyev tarafdorlari tomonidan garovga olingan.

Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Kursan Asanov Atamboyevning tarafdorlari bilan 8 avgust ertalab maxsus jangchilarning qo‘yib yuborilishi bo‘yicha kelishib olgan.

Опубликовано Мирбек Айтикеев Среда, 7 августа 2019 г.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atamboyevning shturm vaqtida olib ketilishi videosi e’lon qilindi