3 111
Jeenbekov: Atamboyev qurolli qarshilik ko‘rsatib, konstitutsiya va qonunlarni qo‘pol ravishda buzdi
Almazbek Atamboyev Qirg‘iziston Respublikasi konstitutsiyasi va qonunlarini qo‘pol ravishda buzib, qonun doirasidagi tergov tadbirlarini o‘tkazishga keskin qarshilik ko‘rsatdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bugun, 8 avgust kuni Qirg‘iziston Respublikasi xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Jeenbekov Qirg‘iziston Respublikasi huquqiy davlat ekanligini ta’kidladi. Davlatning vazifasi - barcha fuqarolar tomonidan qonun talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash.
«Davlat rahbari xavfsizlik kengashi a’zolariga murojaat qilib, mamlakatda qonun ustuvorligi, tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun barcha choralarni ko‘rish zarurligini ta’kidladi. Shu sababli shoshilinch choralar ko‘rish kerak», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Vaziyat yuzasidan Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Orozbek Opumbayev, ichki ishlar vaziri Qashqar Junushaliyev, bosh prokuror Otkurbek Djamshitov ma’lumot berishdi.
Majlis yakunlari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi. Boshqa tafsilotlar noma’lum.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Atamboyevning qarorgohi shturmi vaqtida 48 kishi jabrlangan, maxsus xizmatlarning bir jangchisi halok bo‘lgan, viloyat militsiyasi rahbari bosh miya-chanoq jarohati olib, komaga tushgan. Maxsus kuchlar sobiq prezidentni ushlashning uddasidan chiqishmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi