Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Orozbek Opumbayev iste’foga chiqmoqchi ekanligini ma’lum qildi. U bu haqda parlamentning shoshilinch majlisida aytdi.
«Mening aybim bor, buni tan olaman. Uch yarim mingta jangchining barchasi bilan harakat qilishimiz mumkin edi. Ular qurolsiz edi», — dedi Opumbayev.
Opumbayev iste’foga chiqishi haqida prezident Sooronbay Jeenbekovni xabardor qilganligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 7 avgust kuni Atamboyevni qo‘lga olish uchun maxsus amaliyot o‘tkazildi. Uning qarorgohi joylashgan Qo‘y-Tosh qishlog‘iga borgan maxsus bo‘linma uning uyiga bostirib kirdi, ammo ichkarida qarshilikka uchradi, qolaversa tashqaridan kirib kelgan sobiq prezidentning tarafdorlari ularni o‘rab olgach, taslim bo‘ldi. Ular Atamboyevning tarafdorlari tomonidan qo‘lga olindi.
Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi to‘qnashuv oqibatida 50dan ortiq kishi jarohatlandi, bir nafar harbiy kasalxonada vafot etdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi