16:30 / 08.08.2019
3 008

Atamboyevni qo‘lga olish uchun ichida militsionerlar bo‘lgan avtobuslar Qo‘y-Tosh tomon yo‘l oldi (video)

Atamboyevni qo‘lga olish uchun ichida militsionerlar bo‘lgan avtobuslar Qo‘y-Tosh tomon yo‘l oldi (video)
Bugun mahalliy vaqt bilan 15:15da (Toshkent vaqti bilan 14:15) Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning uyi joylashgan Qo‘y-Tosh qishlog‘i tomon ichida militsiya xodimlari bo‘lgan avtobuslar kolonnasi yo‘l olgan. Kaktus.media muxbirining xabar berishicha, kamida 15ta avtobus, yengil avtomobillar va devor buzuvchi texnika qishloq tomonga ketmoqda. IIV rahbari o‘rinbosari Almaz Orozaliyev o‘sha yerda ekanligi aytilmoqda.

Nashrning qayd etishicha, xavfsizlik kengashi majlisida Almazbek Atamboyevni qo‘lga olishga qaror qilingan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 7 avgust kuni Atamboyevni qo‘lga olish uchun maxsus amaliyot o‘tkazildi. Uning qarorgohi joylashgan Qo‘y-Tosh qishlog‘iga borgan maxsus bo‘linma uning uyiga bostirib kirdi, ammo ichkarida qarshilikka uchradi, qolaversa tashqaridan kirib kelgan sobiq prezidentning tarafdorlari ularni o‘rab olgach, taslim bo‘ldi. Ular Atamboyevning tarafdorlari tomonidan qo‘lga olindi.

Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi to‘qnashuv oqibatida 50dan ortiq kishi jarohatlandi, bir nafar harbiy kasalxonada vafot etdi.
Atamboyevning tarafdorlari prezident va hukumat iste’fosini talab qilib miting o‘tkazishmoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atamboyevni qo‘lga olish uchun ichida militsionerlar bo‘lgan avtobuslar Qo‘y-Tosh tomon yo‘l oldi (video)