16:38 / 08.08.2019
2 959

Qo‘y-Toshda militsiya va Atamboyev tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuv boshlandi

Qo‘y-Toshda militsiya va Atamboyev tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuv boshlandi
Qo‘y-tosh qishlog‘ida militsiya xodimlari va sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuv boshlandi. Bu haqda Sputnik Qirg‘izistonga asosan Kun.uz xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, to‘qnashuv 200ga yaqin militsiya xodimlari va 400ga yaqin Atamboyev tarafdorlari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda. Militsiya xodimlariga Molotov kokteyllari va toshlar uloqtirilmoqda. Huquqni muhofaza qilish xodimlari yorug‘lik-shovqin granatalaridan foydalana boshlashganidan so‘ng Atamboyevning tarafdorlari ortga chekingan.

Avvalroq Almazbek Atamboyevning uyi joylashgan Qo‘y-Tosh qishlog‘i tomon ichida militsiya xodimlari bo‘lgan avtobuslar kolonnasi yo‘l olganligi xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qo‘y-Toshda militsiya va Atamboyev tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuv boshlandi