OAV: Atamboyev huquq-tartibot organlariga taslim bo‘ldi

  • 08 avgust 2019, 18:40
  • 1 727
  • Dunyo
  • OAV: Atamboyev huquq-tartibot organlariga taslim bo‘ldi
    Foto: Knews
    Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev hokimiyat vakillariga taslim bo‘ldi. Bu haqda sobiq davlat rahbarining shtabi xabar qilmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.
    «Atamboyev o‘z qarorgohi hududidan huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan olib chiqib ketildi», - deya ma’lum qilgan shtab vakili.

    Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga ko‘ra, kuchishlatar tuzilmalari vakillari Almazbek Atamboyevni Qo‘y-Toshdan olib chiqib ketishgan. U bilan muzokaralar juda uzoq davom etgani, biroq Atamboyev taslim bo‘lgani bildirilmoqda.

    Bundan biroz avvalroq Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish bo‘yicha yangi amaliyot boshlangandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Atamboyevning tarafdorlariga nisbatan maxsus vositalardan foydalangan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, kuchishlatar tuzilmalar xodimlari Almazbek Atamboyevning Qo‘y-Toshdagi qarorgohini o‘rab olishgan. Xodimlar bir qismi qarorgoh ichiga kirgani, Atamboyev tarafdorlaridan bir guruhi esa voqea joyidan uzoqlashgani aytildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » OAV: Atamboyev huquq-tartibot organlariga taslim bo‘ldi