07:45 / 09.08.2019
5 221

Qirg‘izistondagi mojaro o‘ta xavfli nuqtaga yetdi – Rossiya razvedka xizmati rahbari

Qirg‘izistondagi mojaro o‘ta xavfli nuqtaga yetdi – Rossiya razvedka xizmati rahbari
Rossiya tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narыshkin Qirg‘izistondagi mojaro yuzasidan izoh berdi.
Unga ko‘ra, sobiq prezident lavozimidan ketishi bilan kelishmovchilik boshlandi.

“Almazbek Atambayev va amaldagi hukumat o‘rtasida mojaro, sobiq prezident o‘z vakolatlarini topshirishi bilan, birinchi oylarning o‘zida kelishmovchilik boshlandi. Afsuski, shu kunlarda mojaro juda xavfli nuqtaga yetdi”, - dedi Narыshkin.

Razvedka xizmati rahbari so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hukumati tomonlarni vazminlikka chaqiradi.

“Bizni albatta qardosh bo‘lgan xalq, mamlakatning taqdiri tashvishga solmoqda. Rossiya hukumati vakillari tomonlarni vazminlikka chaqiradi”, - dedi Rossiya tashqi razvedka xizmati rahbari.

Eslatib o‘tamiz, 7 avgust kuni Qirg‘iziston maxsus kuchishlatar bo‘linma harbiylari sobiq prezident Almazbek Atambayevning Qo‘y-Tosh qishlog‘ida joylashgan qarorgohiga bostirib kirdi. Harbiylar sobiq prezidentni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus amaliyot o‘tkazishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistondagi mojaro o‘ta xavfli nuqtaga yetdi – Rossiya razvedka xizmati rahbari