09:15 / 09.08.2019
3 781

Atambayevning yuzlab tarafdorlari Bishkek markazidagi maydonga yig‘ildi (video)

Atambayevning yuzlab tarafdorlari Bishkek markazidagi maydonga yig‘ildi (video)
Foto: Tengrinews
Bishkek markazidagi Olatog‘ maydoniga Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning bir necha yuzlab tarafdorlari yig‘ildi, deb xabar beradi Daryo.uz nashri.

Namoyishchilar Chuy dahasidagi yo‘lni yopib qo‘yib, Almazbek Atambayev va Farida Niyozova olib ketilgan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosi tomon harakatlangan. To‘planganlarning ayrimlari «So‘ranbay ketsin!» deb baqirgani aytilmoqda. Odamlarning bir qismi Oq uy tomon yurgan.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Olatog‘ maydonidagi olamon jurnalistlarga qarata toshlarni uloqtirgan.

Militsiya namoyishchilarni quvib yuborish uchun maydonga yetib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 8 avgust kuni Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev kuch tuzilmalarining ikki kunlik urinishlaridan so‘ng taslim bo‘lgandi.

Foto: Tengrinews

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atambayevning yuzlab tarafdorlari Bishkek markazidagi maydonga yig‘ildi (video)