11:30 / 09.08.2019
3 224

Rossiyadagi prodyuserlik markazi xonanda Nargiz bilan hamkorlik shartnomasini bekor qildi

Rossiyadagi prodyuserlik markazi xonanda Nargiz bilan hamkorlik shartnomasini bekor qildi
Foto: Google Photos
Maksim Fadeyevning MALFA prodyuserlik markazi xonanda Nargizga hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinishi to‘g‘risida rasmiy hujjat yubordi. Bu haqda xonanda Instagram‘dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Hujjatga ko‘ra, markaz xonandaga prodyuserning asarlarini ijro etishni man etadi. Shuningdek, avgust oyiga mo‘ljallangan tur bo‘yicha majburiyatlaridan voz kechadi.

Yuzaga kelgan mazkur holat tufayli Nargizning Yurmala, Krasnogorsk va Chaykovskiy shaharlarida rejalashtirilgan konsertlari bekor qilinishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyadagi prodyuserlik markazi xonanda Nargiz bilan hamkorlik shartnomasini bekor qildi