13:51 / 09.08.2019
3 834

Millioner qallig‘ini yo‘ldan uradigan shilqimga katta mukofot taklif qildi

Millioner qallig‘ini yo‘ldan uradigan shilqimga katta mukofot taklif qildi
Lyuks tovarlarni sotadigan HushHush platformasiga “professional shilqim”ni topib berish haqida murojaat kelib tushdi. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar qildi.

Ismi sir saqlanishini so‘ragan mijoz qallig‘ining vafodorligini sinab ko‘rmoqchi. Erkakda sevgilisi to‘yni tezlashtirishi va nikoh shartnomasi tuzilishiga qattiq qarshilik ko‘rsatishi shubha uyg‘otdi.

E’lon muallifi yoshi katta ekanligini ham ma’lum qildi.

Malakali shilqim roliga mos keladigan yosh yigitga 15 ming funt sterling (18,5 ming dollar), hashamatli uyga va avtomobildan foydalanish huquqi va shaxsiy harajatlar uchun mablag‘ beriladi.

Nomzod yaxshi jismoniy tayyorgarlik, qaddi-basti kelishgan, chiroyli yigit bo‘lishi talab etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Millioner qallig‘ini yo‘ldan uradigan shilqimga katta mukofot taklif qildi