16:17 / 09.08.2019
3 935

Muxolifat yetakchisi Omurbek Babanov Qirg‘izistonga uchib keldi

Muxolifat yetakchisi Omurbek Babanov Qirg‘izistonga uchib keldi
Qirg‘iziston muxolifat partiyasi yetakchisi Omurbek Babanov mamlakatga qaytdi. Bu haqda RIA «Novosti»ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bishkek vaqti bilan soat 14:40da muxolifatchi parvoz qilgan reys Bishkekdagi «Manas» aeroportiga qo‘ngan.

«Sputnik Qirg‘iziston» xabariga ko‘ra, aeroportda bir necha yuz kishi to‘plangan.
Babanov aeroportdan chiqib kelganda, olomon uni xursandchilik bilan kutib olgani aytilmoqda.

Bundan oldin, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati agar Omurbek Babanov Qirg‘izistonga qaytsa, unda u qonun doirasiga muvofiq javobgarlikka tortilishini bildirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Muxolifat yetakchisi Omurbek Babanov Qirg‘izistonga uchib keldi