Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev korrupsiyada ayblanmoqda. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi.
"Atamboyevga korrupsiya bo‘yicha ayblov e’lon qilindi, hozircha boshqa ma’lumot yo‘q", - dedi u.
Slesarevning so‘zlariga ko‘ra, Atamboyev 26 avgustgacha Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov hibsxonasida saqlanadi. Advokatning aytishicha, Atamboyevni qo‘lga olishda qator protsessual normalar buzilgan. Xususan, uni qo‘lga olish to‘g‘risidagi hech qanday hujjat ko‘rsatilmagan.
Almazbek Atamboyev 8 avgust kuni o‘zining Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uyida qariyb bir sutka davom etgan maxsus operatsiyadan so‘ng hibsga olindi. Operatsiya chog‘ida bir nafar maxsus kuchlar xodimi halok bo‘ldi, 98 kishi jarohatlandi.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Atamboyev qurolli qarshilik ko‘rsatib konstitutsiyani buzganini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi