18:10 / 09.08.2019
3 375

Atamboyev tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi

Atamboyev tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi
Huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi. Bu haqda juma kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda sobiq davlat rahbarining advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi.

«Atamboyev tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi va hech qanday hujjatlarni imzolamadi», - deya advokat Slesarev so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz.

Sergey Slesarevning aytishicha, gap ehtiyot chorasini o‘zgartirish haqidagi iltimosnoma, ehtiyot chorasi to‘g‘risidagi hujjat, shuningdek, so‘roq bayonnomasi va protsessual qoidalarda ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlar bo‘yicha qaror haqida ketmoqda.

Bundan oldin, Almazbek Atamboyev 26 avgustgacha Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov hibsxonasida saqlanishi xabar qilingandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atamboyev tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi