Tramp yaqin orada Zelenskiyning AQShga tashrifini kutayotganini aytdi

  • 10 avgust 2019, 00:03
  • 408
  • Dunyo
  • Tramp yaqin orada Zelenskiyning AQShga tashrifini kutayotganini aytdi
    AQSh prezidenti Donald Tramp ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy yaqin orada AQShga tashrif buyurishiga umid qilmoqda.

    “Men u tez orada keladi, deb o‘ylayman”, dedi Tramp jurnalistlarga. U Zelenskiyni o‘zi uchun qulay vaqtda Oq uyga tashrif buyurishga taklif qilganini eslatib o‘tdi.

    Iyun oyida Zelenskiy Trampdan Vashingtonga rasmiy tashrif buyurish taklifini olgan. Zelenskiyning matbuot xizmati u amerikalik hamkasbiga taklif uchun minnatdorligini bildirganini ma’lum qilgan.

    » » Tramp yaqin orada Zelenskiyning AQShga tashrifini kutayotganini aytdi