08:18 / 10.08.2019
2 892

Turkiyada qurol-yarog‘ ombori portladi (video)

Turkiyada qurol-yarog‘ ombori portladi (video)
Turkiya-Suriya chegarasidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan qurol-yarog‘ omborida portlash ro‘y berdi. Bu haqda
Darakchi nashri xabar berdi.

Voqea tonggi soat uchlar atrofida Xatay provinsiyasi Rayxanli shahrida ro‘y berdi. Voqea oqibatida hech kim halok bo‘lmagan. Portlash ro‘y bergan hududga zudlik bilan qutqaruvchilar yetib borishgan. Omborxonaga yaqin hududda joylashgan uylar aholisi evakuatsiya qilingan.

Shaharga olib boruvchi yo‘llar to‘sib qo‘yilgan. Ayni damda portlash nima sababdan ro‘y bergani noma’lumligicha qolmoqda. Hodisa ro‘y bergan hududda politsiya ishlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada qurol-yarog‘ ombori portladi (video)