Foto: «Izvestiya»
Ekspertlar Gonkongdagi hukumatga qarshi ommaviy aksiyani sunami zarbasiga qiyoslashdi. Buni jurnalistlarga 9 avgust kuni mahalliy administratsiya boshlig‘i Kerri Lam yetkazdi.
«Iqtisodiy cho‘kish jadal tus oldi, ayrim mutaxassislar uni sunamiga qiyoslashyapti», — deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tartibsizlik Gonkong iqtisodiyotiga 2003 yilda shiddatli tus olgan atipik zotiljam epidemiyasidan ham ko‘ra kuchliroq zarba bo‘ldi. Ustiga-ustak, odamlarning ma’lum bir qismi Gonkong iqtisodiyoti tanazzuliga ham qarshi emas, deya qo‘shimcha qiladi u.
«REGNUM» axborot agentligining xabar qilishicha, Gonkongda bir necha oy oldin boshlangan va jiddiy tus olgan ommaviy noroziliklar Xitoy qonunlarini buzganlikda gumon qilinayotganlarni Xitoyga topshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qayta ko‘rib chiqishga sabab bo‘ldi. Keyinroq namoyishchilarga bir necha ming davlat xizmatchilari ham qo‘shilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?