Dunyoni velosipedda aylanib chiqmoqchi bo‘lgan yaponiyalik sayyoh Peruda halok bo‘ldi

  • 10 avgust 2019, 14:50
  • 1 554
  • Dunyo
  • Dunyoni velosipedda aylanib chiqmoqchi bo‘lgan yaponiyalik sayyoh Peruda halok bo‘ldi
    Foto: Instagram
    Dunyoni velosipedda aylanib chiqmqchi bo‘lgan yaponiyalik sayyoh Fumixiko Sato Peruda YTHga uchradi, deb yozmoqda «Daryo».

    Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli sayyohni 4 avgust kuni Guadalupito shahrida yuk mashinasi urib ketgan. Haydovchi qo‘lga olingan. Politsiya tergov harakati olib borib, voqeaning barcha tafsilotlarini o‘rganmoqda.

    Sato boshlang‘ich maktabning sobiq o‘qituvchisi bo‘lib, o‘tgan yili ishini tashlab, velosipedda dunyo bo‘ylab sayohatga otlangandi. Shuningdek, u bolalar uchun blog ham yuritgan.

    » » Dunyoni velosipedda aylanib chiqmoqchi bo‘lgan yaponiyalik sayyoh Peruda halok bo‘ldi