20:13 / 10.08.2019
3 153

Nargiz Zokirovaning yuristi prodyuser Maksim Fadeyevni sudga bermoqchi

Nargiz Zokirovaning yuristi prodyuser Maksim Fadeyevni sudga bermoqchi
Foto: Peopletalk
Bir necha kun avval Nargiz Zokirova 2014 yildan buyon hamkorlik qilib kelayotgan Maksim Fadeyevning prodyuserlik markazi xonandaga hamkorlik haqidagi shartnomani bekor qilish haqida rasmiy hujjat yuborganini ma’lum qilgandi. Maksim Fadeyevning o‘zi esa bunday qaror sababini surbetlik bilan izohlagan.

Repost xonandaning manfaatlarini himoya qiluvchi huquqshunos Bahrom Ismoilov bilan bog‘lanib, shu masalada suhbat o‘tkazdi.

— Nargiz va Maksim qanday munosabatda edi? Mojaroga nima sabab bo‘ldi?
—Avvalo Nargiz va Maksim Fadeyev 2014 yildan beri hamkorlik qilishini aytib o‘tmoqchiman. Bu juda samarali hamkorlik edi, ular birga juda ko‘p xit qo‘shiqlarni yaratdi. Nargiz MALFA prodyuserlik markazining eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biri. U butun Rossiya, MDH va xorijiy mamlakatlarda 1000 dan ortiq konsert berdi.

Shu yilning avgust oyida 2020 yilning fevral oyigacha davom etishi mumkin bo‘lgan katta tur boshlanishi kerak edi. 16 iyulda biz Maksim Fadeyevdan shartnomani bekor qilish niyatida ekanligi va mijozim Nargizga 23 ta qo‘shiqni ijro etish taqiqlangani to‘g‘risida bildirishnoma oldik. Hujjatga ko‘ra, ushbu qo‘shiqlarga mualliflik huquqi uning sobiq prodyusseriga tegishli. Biz bir necha bor Maksim Fadeyev bilan bog‘lanishga harakat qildik, lekin u bilan gaplashib olishning imkoni bo‘lmadi. Uning yordamchilari tur albatta o‘tkazilishi va shartnoma shartlari qayta ko‘rib chiqilishiga ishontirdi.

Menimcha, mojaroning asl sababi ijodiy kelishmovchilik bo‘lgan. Biz bilmagan shaxsiy gaplar o‘tgan bo‘lishi mumkin. Nargiz allaqachon shakllanib bo‘lgan jiddiy va iqtidorli artist. Maksim bir necha kun oldin boshlanishi kerak bo‘lgan turni bekor qilish uchun hamma narsani qildi. MALFA tur boshlanishidan bir kun oldin hududlardagi barcha tashkilotchilarga Nargizni Maksim Fadeyev prodyuserlik markazining boshqa artistlariga almashtirishni aytdi.

Biz janob Fadeyevning advokati va shaxsan o‘zi bilan uchrashishga harakat qilyapmiz. Maksim Fadeyev tomon Nargizning o‘zi turni bekor qilib, shartnomani buzayotgan qilib ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Nargiz o‘z muhlislari uchun borini berib ishlayligan artist. U bu turni kutgandi va unga tayyorgarlik ko‘rgandi. Sharnomani prodyuserning o‘zi noma’lum sabablarga ko‘ra buzdi va turni bekor qildi. Nargiz turni bekor qilmagan.

—Yuridik jihatdan MALFA prodyuserlik markazi Nargiz Zokirovani Maksim Fadeyev tomonidan yaratilgan qo‘shiqlarni ijro etish huquqidan mahrum etishga haqlimi?
—Maksim va Nargiz tomonidan tuzilgan shartnomaga binoan, Fadeyev uning prodyuserlik vaqtida yaratilgan Nargizning barcha qo‘shiqlariga mualliflik huquqiga ega. Barcha konsert va gastrollardan hamda iTunes va Youtube’dan tushgan foyda MALFA prodyuserlik markaziga tegishli. Nargiz bulardan muayyan foiz oladi.

—Nargiz shu vaqtgacha shartnoma shartlarini buzganmi?
—Nargiz 2014 yilda Fadeyev bilan hamkorlik qilishni boshlaganidan beri shartnomaning barcha shartlariga amal qilib keladi va ularning birortasini buzmagan. Biz yuridik jihatdan buzilish hollarini aniqlash uchun barcha choralarni ko‘rdik. Agar kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan ham qilishga erishmasak, sudga murojaat qilishga va barcha hujjatlarni taqdim etishga majbur bo‘lamiz.

—MALFA prodyusserlik markazi, xususan, Maksim yana qanday talablar qo‘ygan?
—Maksim Fadeyev mening mijozim ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga to‘sqinlik qilish uchun barcha choralarni ko‘ryapti. U Nargizning allaqachon kelishilgan dunyo bo‘yicha ijodiy turini buzmoqchi. O‘tgan yili ham shunga o‘xshash vaziyat bo‘lgandi. O‘shanda Fadeyevning prodyuserlik markazi Nargizning Amerikaga turini buzmoqchi bo‘lgan. Maksim Fadeyev bilan ko‘pchilik artistlar ziddiyatga borgan va undan ketib qolgan. Masalan, Yelena Temnikova, Polina Gagarina va boshqalar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nargiz Zokirovaning yuristi prodyuser Maksim Fadeyevni sudga bermoqchi