14:30 / 11.08.2019
3 311

Tojikistonda Qurbon hayiti arafasida narxlar keskin oshib ketdi

Tojikistonda Qurbon hayiti arafasida narxlar keskin oshib ketdi
Tojikistonda Iydi Qurbon hayiti arafasida oziq-ovqat mahsulotlari narxi birdan ko‘tarildi.

Xususan, Dushanbedagi Markaziy bozorda qovun va tarvuzlar uch kun oldin 25-30 somoniy turgan bo‘lsa, endi bu poliz mahsulotlarini 50 somoniydan past narxda topolmaysiz.

Shaftolilar narxi ham ikki karra oshgan, bir kilosi 8-10 somoniy turgan mevalar bugun 10-25 somoniydan sotilmoqda.

Shunga qaramay, muqaddas ayyom - Qurbon hayiti arafasida barcha bozorlar xaridorlarga to‘la. Tojikistonliklar bayramona dasturxon tuzash uchun oziq-ovqat olgani chiqishgan.

Sal oldin Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat fuqarolarini Qurbon hayiti bilan tabriklay turib, shohona dasturxondan naf yo‘qligini, bayramlarda o‘ylamay qilinadigan sarf-harajatlar oila byudjetiga maqsadsiz putur yetkazishini eslatib o‘tgan edi.

Joriy yil ushbu qoidani buzgan musulmonlar 5 ming somoniy, yoxud 530 dollarga yaqin jarima to‘lashga majbur bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda Qurbon hayiti arafasida narxlar keskin oshib ketdi