16:03 / 12.08.2019
2 656

Versace futbolkalardagi geografik xato uchun Xitoydan uzr so‘radi

Versace futbolkalardagi geografik xato uchun Xitoydan uzr so‘radi
Foto: «News.ru»
Italiyaning Versace modalar uyi sotuvga chiqqan yangi futbolka va tolstovkalarida Xitoyning Gonkong va Makao maxsus ma’muriy tumanlarini alohida davlat qilib ko‘rsatgani uchun kechirim so‘radi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.
Versace modalar uyi 24 iyuldan boshlab geografik xatolikka yo‘l qo‘yilgan barcha kiyimlarni sotuvdan qaytarib olib, ularni yo‘q qilganini bildirgan.

«Bu bizning xatomiz va sodir bo‘lgan voqeadan qattiq afsusdamiz. Biz Xitoyni yaxshi ko‘ramiz hamda uning hududiy va milliy suverenitetini hurmat qilamiz», — deyiladi xabarda.

Foto: «News.ru»
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur xatolik sabab modalar uyining Xitoydagi yuzi hisoblangan aktrisa Yan Mi Versace bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan. Aktrisa iyun oyida imzolagan shartnomasini 11 avgust kuni buzgan.

Gianni Versace S.p.A. — 1978 yilda modeler Janni Versache tomonidan asos solingan Italiya kompaniyasi. Kompaniya kiyim-kechak, parfyumeriya mahsulotlari, soatlar, uy uchun turli tovarlar, aksessuar va boshqa hashamat buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. 1997 yilda Janni vafot etgach, konsern boshqaruviga uning kichik singlisi Donatella kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Versace futbolkalardagi geografik xato uchun Xitoydan uzr so‘radi