14:48 / 12.08.2019
3 502

Tojikiston hukumati tug‘ilishni kamaytirmoqchi

Tojikiston hukumati tug‘ilishni kamaytirmoqchi
Tojikiston xukumati 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan reproduktiv salomatlik Davlat dasturini tasdiqladi.

Oilani barqarorlashtirishni targ‘ib qilish, xotin-qizlar salomatligini yaxshilash, jinsiy ahloq tarbiyasi va istalmagan homiladorlikning oldini olish Davlat dasturining asosiy maqsadi sifatida ko‘rsatilgan. Tojikiston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza vazirligiga tibbiyot muassasalarini kontratseptiv vositalar bilan ta’minlash, kontratsepsiyalarni yetkazib berish va ta’minlash boshqaruvini kuchaytirish, reproduktiv salomatlik masalasida aholi xabardorligini ta’minlash va bilimini oshirish topshirilgan.

Davlat dasturida ta’kidlanishicha, oilani rejalashtirish masalasida xukumat tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar o‘zining ijobiy samarasini berdi – har yili 100 mingtagacha istalmagan homiladorlik holatining oldi olindi. Reproduktiv salomatlik bo‘yicha 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturining hayotga tatbiq etilishi yaqin uch yilda 450 mingdan ortiq istalmagan homiladorlikning oldini olishga xizmat qiladi, deya prognoz qilmoqda TR Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari.

O‘tgan yilning kuzida Jahon banki Tojikistonga qashshoqlik darajasini pasaytirish maqsadida tug‘ilishni cheklash borasida tavsiya bergan edi. JB mutaxassislari Tojikistondagi qashshoqlik, ishsizlik va mehnat migratsiyasining yuqori darajada ekanligiga portlovchi demografik o‘sish deya xulosaga kelgan edi.

Ayni damda Tojikistonda bir ayolga 3,36 ta bola to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga aholining konservativ guruhining vakillari kontratsepsiya vositalaridan foydalanish shariat qonunlariga zid ekaninini aytib kelishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston hukumati tug‘ilishni kamaytirmoqchi