Qirg‘iziston deputati Atambayev ruhan tetik ekanligini ma’lum qildi

  • 12 avgust 2019, 17:44
  • 949
  • Dunyo
  • Qirg‘iziston deputati Atambayev ruhan tetik ekanligini ma’lum qildi
    Foto: Getty Images
    Qirg‘iziston Sotsial demokratlar partiyasi deputati Irina Karamushkina Almazbek Atambayev o‘zini yaxshi ushlab turgani, ruhan cho‘kmaganini ma’lum qildi deb yozadi Daryo nashri “Zakon.kz” xabariga tayanib.

    Karamushkinaning so‘zlariga ko‘ra, Atambayev yaxshi kayfiyatda bo‘lgan va unga qarshi qaratilgan ayblovlarni rad etishda davom etishini bildirgan.

    «U o‘zini yaxshi ushlab turibdi, ruhan cho‘kmagan. Hozir sobiq prezidentning Qirg‘iziston fuqarosi sifatidagi huquqlari buzilgani haqida murojaatnoma tayyorlayapmiz», — degan u.

    Deputat murojaatda qurolli bostirib kirish va hibsga olish haqida so‘z borishi, uning butun uyi vayron qilingani, bu esa shaxsiy mulk ekanligini ta’kidlagan.

    » » Qirg‘iziston deputati Atambayev ruhan tetik ekanligini ma’lum qildi