AQSh kelajakda ijtimoiy nafaqa olishga muhtoj bo‘lishi mumkin bo‘lgan xorijiy fuqarolarga grin-kartalar berish qoidalarini qat’iylashtirishga qaror qildi. Tegishli hujjat AQSh Federal reyestri saytida joylashtirilgan.
AQSh Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Fuqarolik va immigratsiya masalalari bo‘yicha xizmat direktori Ken Kuchinellining so‘zlariga ko‘ra, yangilik imkon qadar kamroq chet ellik shaxs davlat qaramog‘ida bo‘lishini kafolatlaydi.
- Qoidalar keyinchalik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi xorijliklarning Qo‘shma Shtatlarga kelishi va grin-karta olishiga to‘siq qo‘yadi, - dedi u brifingda.
Ta’kidlanishicha, yangi hujjatda davlat qaramog‘ida bo‘ladigan shaxsning aniq ta’rifi shakllantirgan. Ushbu toifaga bitta nafaqa yoki 36 oylik davrda 12 oydan ko‘proq vaqt davomida nafaqa oluvchilar kiritiladi. Shu bilan birga, bir oydagi ikkita nafaqa ikki oyga tenglashtiriladi.
Yangi qoidalar ikki oydan keyin kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?