18:30 / 13.08.2019
3 801

Qozog‘istonlik erkak kreditga olgan pullarini plyajda sochib yubordi

Qozog‘istonlik erkak kreditga olgan pullarini plyajda sochib yubordi
Foto: Arbuz Today
Qozog‘istonning Pavlodar shahridan bo‘lgan 30 yoshli erkak kreditga olgan pullarini plyajda sochib yubordi, deb yozmoqda Daryo.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea Pavlodar suv-qutqaruv stansiyasi yaqinidagi plyajda sodir bo‘lgan. Erkak plyajga Irtishning chap sohilidan paromda kelgan. Sohilga kelgach, shimining cho‘ntagidan qog‘oz pullarni olib, dam olayotganlarning oyoqlari ostiga sochgan. Uni mahalliy xavfsizlik xizmati xodimlari ko‘rib qolgan. Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, erkak mast bo‘lgan.

«Taxminlarga ko‘ra, erkak Irtishning chap qirg‘og‘ida sheriklari bilan dam olgan va qaysidir payt ulardan ajralib, parom orqali plyajga kelgan. Odamlarga pul sochish paytida ‘bu sizga’, ‘sizlarni yaxshi ko‘raman’, deya baqirgan. Uning mast ekanligini ko‘rib biz unga hamma pullarini yig‘ishga yordam berdik. Dam olayotganlardan biri paket berdi. Ularning hammasini to‘plab, erkakka berdik va uni uyiga olib bordik», — degan qutqaruvchilar.

Qo‘riqchining so‘zlariga ko‘ra, mast kishilarni uylariga olib borib qo‘yish ularning vazifasiga kirmaydi. «Lekin bu istisno holat bo‘ldi. Agar uni plyajda qoldirganimizda uyiga pulsiz qaytishi ehtimoli katta edi. Erkak manzilini aytdi, biz uni uy eshigigacha tashlab qo‘ydik. Umumiy hisobda 300 tenge bo‘lgan pullarni uning xotiniga berdik. Uning aytishicha, eri pullarni kreditga olgan», — deydi qutqaruvchilar. Erkakning o‘zi esa nega bunday qilganini tushuntirib berolmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonlik erkak kreditga olgan pullarini plyajda sochib yubordi