06:00 / 14.08.2019
3 683

Abdulrashid Do‘stum Afg‘oniston prezidentini davlat zaxiralarini suiiste’mol qilishda aybladi

Abdulrashid Do‘stum Afg‘oniston prezidentini davlat zaxiralarini suiiste’mol qilishda aybladi
Afg‘oniston vitse-prezidenti general Abdulrashid Do‘stum prezident Ashraf G‘anining saylov kampaniyasini tanqid ostiga olib, G‘anini davlat zaxiralaridan noqonuniy foydalanishda aybladi.

Do‘stum Qurbon hayit munosabati bilan so‘zlagan nutqida “Davlat quruvchisi” bloki yetakchisi bo‘lgan G‘ani huquq-tartibot tuzilmalaridan milliy birlik hukumatini tashkil etish vaqtida tuzilgan kelishuvlarga zid ravishda foydalanishini aytgan.

O‘zbek generalining aytishicha, Afg‘oniston prezidenti saylovoldi nutqlaridan birida aholiga qonunni buzuvchi o‘zboshimcha avtoritetlarga qarshi kurashishni va’da bergan. Do‘stumning aytishicha, G‘anining bu so‘zlari unga qaratilgan bo‘lgan.

“Bizdan qaysi birimiz diktator – bizmi yoki “Davlat quruvchisi” jamoasimi? Siz davlat zaxiralarini suiiste’mol qilasiz. Siz bojxona mablag‘laridan foydalanasiz. Siz hukumatga tegishli samolyotlardan foydalanasiz”, deb savol bilan yuzlangan Do‘stum.

Generalning aytishicha, prezidentning harakatlari na afg‘on, na xorijiy siyosatchilar tomonidan ma’qullanadi. U, shuningdek, G‘ani blokiga vitse-prezident lavozimiga nomzod sifatida kirgan sobiq ichki ishlar vaziri Amrulloh Salohning bu tanlovini qoralagan.

Avvalroq ma’lum qilinganidek, saylov kampaniyasining birinchi kuni Salohning ofisi jangarilar hujumiga uchragan, bu 20 kishining halok bo‘lishiga olib kelgan. Do‘stum o‘z nutqida buni ham eslab o‘tgan.

“Davlat quruvchisi” blokini qo‘llab-quvvatlovchi har qanday ulamo xatoga yo‘l qo‘yadi. Men Amrulloh Salohning tanlovidan qayg‘udaman. Men uning jamoasiga qarashli odamlarning o‘limidan qayg‘udaman”, deb ta’kidlab o‘tgan Do‘stum.

Do‘stum Afg‘onistonda 14 oy bo‘lmagandan keyin 2018 yil u yerga qaytgan. Generalning bunday uzoq vaqt bo‘lmagani afg‘on siyosiy doiralarida surgun deb baholangan. Do‘stum ayni vaqtda 2014 yildagi saylovlarda G‘anining bosh raqibi bo‘lgan bosh vazir Abdulloh Abdulloh bloki ishtirokchilari qatoriga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Abdulrashid Do‘stum Afg‘oniston prezidentini davlat zaxiralarini suiiste’mol qilishda aybladi