09:30 / 14.08.2019
3 198

Germaniyada arilar jinoyatchini hibsga olishga yordam berdi

Germaniyada arilar jinoyatchini hibsga olishga yordam berdi
Foto: Wikipedia
Germaniya politsiyasiga arilar qochoq jinoyatchini ushlashga yordam berdi. Bu haqda «Daryo.uz» xabar bermoqda.
Hodisa Germaniyaning Oldenburg shahrida yuz berdi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari jazodan qochgan 32 yoshli jinoyatchi izini topdi. Mahalliy fuqaro 11 oy qamoq jazosiga hukm qilingan, ammo u politsiyadan qochishga uringan.

Qo‘lga tushmaslik uchun balkondan yerga sakragan erkak daraxt shoxidagi ari ini ustiga tushgan.
Birdan g‘azablangan hasharotlar to‘dasi qochoqqa hujum qildi va uni yashiringan joyidan chiqib, hovuzga tushishga majbur qildi. Politsiya esa jinoyatchini ushladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada arilar jinoyatchini hibsga olishga yordam berdi